2022- yilning 11–13- oktabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi va Birlashgan Millatlar tashkilotining Yevropa Iqtisodiy komissiyasining statistika bo‘limi tomonidan kadrlar resurslarini boshqarish va o‘qitish bo‘yicha xalqaro seminar tashkil etildi.
Ushbu seminar Yevropa statistika konferensiyasining 2022-yilgi ish dasturi doirasida tashkil qilindi. Seminar kadrlar resurslarini boshqarish va o’z tashkilotlarida ularni o‘qitish uchun mas’ul bo'lgan rahbar-xodimlar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig’i Talipova Zulxumor Normatovna ishtirok etdi.
Seminar kun tartibidan “Kelajak ishchilari” hamda “Ish beruvchilar, boshqaruvchilar va kelajak rahbarlari” mavzulari o‘rin oldi.
Axborot xizmati