Toshkent shahri bo‘yicha 2022- yilning yanvar-sentabrida yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 108 716,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 7,9 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-sentabridagi narxlarga nisbatan 113,7 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahrining qo‘shgan hissasi 17,3 % ga yetdi.
Axborot xizmati