19/10/2022

Davlatimiz rahbari tomonidan 2021- yil 3- dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

photo2022-10-1904-26-59

Mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahallaga hokim yordamchilari hamda ularning ish samaradorligini oshirish uchun respublika davlat idoralari va tashkilotlaridan maxsus vakillar biriktirilgan.

photo2022-10-1904-27-01

Davlat statistika qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tuman va shaharlardagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

photo2022-10-1904-27-03

Biriktirilgan respublika vakillari va hokim yordamchilari har kuni mahallalarda aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga harakat qilishmoqda.

photo2022-10-1904-27-04

Farg'ona viloyati Rishton tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Aziz Ikromov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

photo2022-10-1904-27-06

Maʼlumot uchun, Rishton tumanidagi 71 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 203 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan “Temir daftari”da 219 nafar, “Ayollar daftari”da 3992 nafar, “Yoshlar daftari”da 734 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.

photo2022-10-1904-27-07

Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan 2022- yilning 9 oyi davomida Rishton tumanidagi 1702 nafar fuqaroga tadbirkorlik uchun 41 milliard 407 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

photo2022-10-1904-27-08

Oʻtgan davr davomida respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbuslari bilan 12 703 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi.

photo2022-10-1904-27-09

Respublika vakillari va hokim yordamchilari tashabbusi bilan jami 78 nafar fuqaroga, 342  mln. soʻmlik subsidiya ajratildi.

photo2022-10-1904-27-10

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech