2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston 20 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,3 ming tonna qalampir eksport qilgan.
Qalampir eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 ming tonnaga kamaygan.
2022- yilning 9 oyida Oʻzbekiston qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 5,5 ming tonna
Qirgʻiz R. – 990 tonna
Rossiya – 685 tonna
AQSH – 219,4 tonna
Germaniya – 203,3 tonna
Xorijga eng koʻp qalampir eksport qilgan hududlar:
Surxondaryo viloyati – 2,2 ming tonna
Fargʻona viloyati – 1,4 ming tonna
Jizzax viloyati – 787 tonna
Axborot xizmati