Poytaxtimizdagi “Yoshlar” ijod saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil qilindi.
21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan intellektual oʻyinda yurtimizdagi vazirlik va tashkilotlarning Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari jamoalarga boʻlingan holda oʻzaro bellashdi.
Ikki turdan iborat mazkur “Zakovat” oʻyini qizgʻin va munozaralarga boy tarzda, doʻstona ruhda oʻtdi.
Axborot xizmati