24/10/2022

2022- yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, huquq va buxgalteriya hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 751,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Eng muhimi, ushbu xizmat turiga Toshkent shahrida talab yuqori. Huquq va buxgalteriya hisobi sohasida xizmatlarining umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 79,7 % ni (599,1 mlrd. so‘m) tashkil etdi.

Nisbatan kam koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 2,1 mlrd. soʻm (huquq va buxgalteriya hisobi sohasidagi xizmatlar umumiy hajmining 0,3 %).

Hududlar kesimida huquq va buxgalteriya hisobi bo‘yicha xizmatlar hajmi, mlrd.so‘m:

O‘zbekiston Respublikasi – 751,7

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 7,0

Andijon – 6,7

Buxoro – 10,2

Jizzax – 3,9

Qashqadaryo - 5,7

Navoiy - 8,0

Namangan – 11,8

Samarqand - 15,0

Surxondaryo – 2,4

Sirdaryo – 2,1

Toshkent - 18,7

Farg‘ona – 51,6

Xorazm - 9,5

Toshkent shahri - 599,1.

photo2022-10-2322-14-11

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech