25/10/2022

Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 3-dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

photo2022-10-2502-13-48
Mazkur farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahallaga hokim yordamchilari biriktirilgan.

photo2022-10-2502-13-50
Jumladan,Toshkent shahar statistika boshqarmasi tizimidan ham biriktirilgan 4 nafar hokim yordamchilari har kuni mahallalarda aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishga harakat qilishyapti.

photo2022-10-2502-13-51
Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani “Iqtidor” MFYga boshqarmadan Arslon Nomozov biriktirilgan. U harakatchanligi, aholi orasiga kirib borib, muammolar yechimiga astoydil yelka tutib, eng avvalo, aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilayapti.

photo2022-10-2502-13-54
Ma’lumot uchun: “Iqtidor‘” MFYda 451 ta xonadon mavjud bo‘lib, doimiy aholi soni 2140 nafarni tashkil etadi. Shundan “Temir daftari”da 160 nafar, “Ayollar daftari”da 65 nafar, “Yoshlar daftari”da 8 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.
Hokim yordamchilari tomonidan 2022-yil 9 oyi davomida 14 nafar fuqaroga tadbirkorlik uchun 440 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

photo2022-10-2502-13-55
Bundan tashqari, hokim yordamchisi tashabbussi bilan 120 nafar fuqaro kasb hunarga oqitildi. 5 kishiga subsidiya olib berish, shuningdek, xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikning boshqa yoʻnalishlariga jalb etish yoʻli bilan 59 nafar fuqaroning bandligi taʼminlanishiga erishildi. Norasmiy faoliyat olib borayotgan 198 nafar fuqaro o‘z-o‘zi band qilindi.

photo2022-10-2502-14-08

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech