25/10/2022

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 14- yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish vа ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4954-sonli qarori qabul qilingan. Qarorda nazarda tutilgan vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

photo2022-10-2502-23-36

photo2022-10-2502-23-37

photo2022-10-2502-23-38

photo2022-10-2502-23-38-2

Jumladan, shu yilning 24- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Shaxmat kuni” tashkil etildi. Unda markaziy apparati boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

Markaziy apparat xodimlari o’rtasida o’tkazilgan shaxmat musobaqasida I o‘rinni Olimjon Sidikov, II o‘rinni Zayniddin Egamshukurov hamda III o‘rinni Jurat Mirsaidov egallashdi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

photo2022-10-2502-23-40-2

photo2022-10-2502-23-39

photo2022-10-2502-23-40

Bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, qo`mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech