O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 3- fevraldagi PF-5326-son “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlangan edi.
Ushbu Farmonning ijrosini ta'minlash maqsadida, hamda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturi doirasida joriy yilning 22- oktabr kuni Yangihayot tumani mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Shuningdek, Samarqandning tarixiy markazi hisoblangan Registon maydoni o‘zining qadimiy me'morchiligi go‘zalligi va ulug‘vorligi bilan хodimlarni o‘ziga jalb etdi.
So‘ngra, Samarqand shahrining boshqa diqqatga sazovor joylari, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi me'moriy obidalari va qadimiy yodgorliklarini yaqindan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Qadimiy Samarqandning yanada go‘zal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega bo‘ldilar.
Axborot xizmati