Toshkent shahrida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 54 576,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 109,1 % ga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 21 835,1 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 118,7 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 32 741,6 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 103,5 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1033,5 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati 110,8 % )ni tashkil etdi.
Axborot xizmati