2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,3 ming tonna olma eksport qilgan.
Olma eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp olma eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 12,6 ming tonna
Rossiya – 4,1 ming tonna
Qirgʻiz R. – 1,4 ming tonna
Turkmaniston – 163 tonna
2022-yilning 9 oyida xorijga eng koʻp olma eksport qilgan hududlar:
Fargʻona viloyati – 4,8 ming tonna
Xorazm viloyati – 4,5 ming tonna
Toshkent viloyati – 1,8 ming tonna
Axborot xizmati