31/10/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 627,5 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sdi.

YAIM tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatildi. YAIM (YAQQ) tarkibida sanoatning ulushi 27,8 % dan 28,0 % ga, qurilish tarmog‘i 6,8 % dan 6,9 % ga, xizmatlar sohasi 39,0 % dan 40,3 % ga oshdi. Shu bilan birga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 26,4 % dan 24,8 % ga kamaydi.

photo2022-11-0104-11-00

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech