Toshkent shahrida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaHMdagi ulushi 46,8 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 35,2 birlikni tashkil qildi. 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida 11 289 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga kam demakdir.
Axborot xizmati