Bugungi kunda yurtimizda aholining soni va uning o‘sish sur’atlari uzluksiz ravishda ortmoqda.
Toshkent shaharida doimiy aholi soni 2022 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra 2 million 934 ming 100 kishini tashkil etmoqda. Yil boshidan 71,7 ming kishiga yoki 2,5 foizga ko‘paydi. Shundan:
Erkaklar soni 1 438 500 kishini,
Ayollar soni 1 495 600 kishini tashkil etdi.
Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2022 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni: Olmazor tumanida bo‘lib, 392,4ming kishini tashkil etadi. Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 364,8 ming kishidan iborat.
Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 126,2 ming kishi va Bektemir tumanida – 55,0 ming kishi tashkil etgan.
Axborot xizmati