03/11/2022

Joriy yilning 2- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2022- yil III chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay’at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti  rahbariyati, qo‘mitaning tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

photo2022-11-0302-16-39

Kun tartibiga binoan, Davlat statistika qo‘mitasi raisi  Begalov Bahodir Abdusalomovich Hay’at yig‘ilishini ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2022- yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

photo2022-11-0302-16-40

Yig’ilishda kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi  bo’yicha ma’lumot berildi.

photo2022-11-0302-16-41

Onlayn tashkil qilingan ushbu Hay’at yig‘ilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

photo2022-11-0302-16-42

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

photo2022-11-0302-16-58

Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida Davlat statistika qoʻmitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamgʻarmasi – UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazilgan Multiindikator klaster kuzatuvlari haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

photo2022-11-0302-17-01

Shuningdek, qo’mitaning kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

photo2022-11-0302-17-02

Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech