03/11/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 5,2 % ni tashkil etdi.

Tashish va saqlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng ko‘p ulush avtomobil transportiga to‘g‘ri keldi va 58,8 % ni tashkil etdi.

Mazkur tarmoq umumiy qo‘shilgan qiymatida quvur transportining ulushi 10,5 %, temir yo‘l transportining ulushi 10,8 %, yordamchi transport faoliyatining ulushi 12,3 %, havo transportining ulushi 7,6 % ni tashkil etdi.

photo2022-11-0302-29-39

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech