04/11/2022

Joriy yilning 4-noyabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining majlislar zalida 2022- yil III chorak yakunlari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ustuvor vazifalarga bag’ishlangan boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo’limlari hamda hududiy statistika bo’lim xodimlari qatnashdi.

photo2022-11-0417-22-47
Mazkur yig'ilishni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshligi L.Mirsoatov ochib berib, hududiy statistika bo’lim xodimlari zimmasiga qo'yilgan vazifalar va tizimda 2022-yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to'xtalib o'tdi.

photo2022-11-0417-22-49

Yig'ilishda Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

photo2022-11-0417-22-54

Shuningdek, boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishida tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

photo2022-11-0417-22-51

Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

photo2022-11-0417-22-56

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech