Joriy yilning 21-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati to‘g’risida boshqarma boshlig‘i birinchi o'rinbosari Sh.Norkulov tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati, oxirgi yillarda statistika tizimida amalga oshirilgan islohatlar, oʻzgarishlar toʻgʻrisida ta’kidladi.
Shuningdek, “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonunidagi 36-moddasi ya’ni “Rasmiy statistika e’lon qilish: Rasmiy statistika mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va baholash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek,jamoatchilikni xabardor qilish, rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun e’lon qilinishi ta\kidlab o‘tildi.
Yig’ilish nihoyasida ishtirokchilar o‘zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusi jarayonlar uchun hamkorlikka targ‘ib qilindi.
Axborot xizmati