27/07/2022

Toshkent shahar statistika boshqarmasida joriy yilning 26-iyul kuniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati to‘g’risida boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sh. Norkulov tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Ta’kidlanganidek, qonunga ko‘ra, rasmiy statistika davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika ma’lumotlaridan iborat.
Shuningdek, “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonunidagi 36-moddasi ya’ni “Rasmiy statistika e’lon qilish: Rasmiy statistika mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va baholash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek,jamoatchilikni xabardor qilish, rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun e’lon qilinishi ta’kidlab o‘tildi.

photo2022-11-0815-18-22

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech