Toshkent shahar statistika boshqarmasida joriy yilning 28-aprel kuniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati to‘g’risida boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sh. Norkulov tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son Qonunida Rasmiy statistikani tayyorlash uchun yig‘iladigan, ishlov beriladigan va saqlanadigan statistika ma’lumotlari, agar ular jismoniy yoki yuridik shaxslarni bevosita yoki bilvosita identifikatsiyalash imkonini bersa hamda ularga taalluqli individual ma’lumotlarni oshkor qilsa, maxfiy hisoblanadi deb ta’kidlandi.
Shuningdek, “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonunidagi 36-moddasi ya’ni “Rasmiy statistika e’lon qilish: Rasmiy statistika mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va baholash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek,jamoatchilikni xabardor qilish, rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun e’lon qilinishi ta’kidlab o‘tildi.
Axborot xizmati