09/11/2022

2022- yilning yanvar-sentabrida YAIM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-sentabridagi narxlarga nisbatan 113,9 % ni tashkil etdi. Tarmoqlar kesimida deflyator indeksining yuqori ko‘rsatkichlari sanoatda – 114,8 %, qurilishda – 114,8 % hamda boshqa xizmat tarmoqlarida 118,8 % qayd etildi.

Respublikaning o‘rtacha darajasi (113,9 %)dan past bo‘lgan deflyator indeksi savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 112,8 %, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 108,5 %, tashish va saqlash, axborot va aloqada – 103,9 % qayd etildi. Shu bilan birga, mahsulotlarga sof soliqlarning deflyator indeksi 123,2 % ni tashkil etgan.

photo2022-11-0915-13-47

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech