Joriy yilning 28-oktabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida xodimlar uchun xat-hujjatlarni to'g'ri yozish, ishlab chiqish, rasmiylashtirish, xatning tarkibiy elementlari, shuningdek, hujjatlar bilan ishlash faoliyatini yanada mukammal egallab olish bo'yicha seminar tashkil etildi.
Seminar nihoyasida ishtirokchilar o’zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusi jarayonlar uchun hamkorlikka targ'ib qilindi.
Axborot xizmati