10/11/2022

Toshkent shahar statistika boshqarmasida “Toshkent shahrining demografik holati 2022-yil yanvar-sentabr oylarida” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

photo2022-11-1015-18-33-2
Matbuot anjumanida Toshkent shahar statistika boshqarmasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda Davlat tashkilotlari matbuot kotiblari, blogerlar ishtirok etdi.

photo2022-11-1015-18-33
Matbuot anjumanida ta'kidlanganidek, bugungi kunda yurtimizda aholining soni va uning o‘sish sur’atlari uzluksiz ravishda ortmoqda.
Toshkent shaharida doimiy aholi soni 2022 yil 1- oktabr holatiga ko‘ra 2 million 934 ming 100 kishini tashkil etmoqda. Yil boshidan 71,7 ming kishiga yoki 2,5 foizga ko‘paydi. Shundan: erkaklar soni 1 438 500 kishini, ayollar soni 1 495 600 kishini tashkil etdi.

photo2022-11-1015-18-35
Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2022 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni: Olmazor tumanida bo‘lib, 392,4ming kishini tashkil etadi. Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 364,8 ming kishidan iborat.
Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 126,2 ming kishi va Bektemir tumanida – 55,0 ming kishi tashkil etgan.

photo2022-11-1015-18-34
Matbuot anjumanida shuningdek, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida 54,8 mingta tug‘ilganlar qayd etilgan bo‘lib, shundan o‘g‘il bolalar 51,6 % ni, qiz bolalar 48,4 % ni tashkil etadi deb aytib o‘tildi.

photo2022-11-1015-18-36
Matbuot anjumanida mutaxassislar jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech