2022- yil 10- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Toshkent davlat transport universitetida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati boshqarma boshliqlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati, Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Mamadjanov Abrorali Ashiraliyevich “O‘zbеkiston Rеspublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining iqtisodiy-statistik tahlili” mavzusida taqdimot qildi.
Taqdimotda O’zbekiston Respulikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining besh yillik dinamikasi, o’sish sur’atlari va unga ta’sir etuvchi omillar to’g’risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbirda Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig’i Abdug’ofur Mirzoxidov transport sohasi statistikasi bo‘yicha ma’ruza qildi. Universitet vakillari mutaxassislardan to’g’ridan-to’g’ri ochiq muloqot shaklida o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Davra suhbati yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazish hamda talabalar uchun amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi. Shuningdek, universitet bilan memorandum imzolash masalasi ko‘rib chiqildi.
Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.
Axborot xizmati