11/11/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

photo2022-11-1115-44-59

Xususan, shu yilning 4–31-avgust kunlari respublikamizning barcha tuman va shaharlarida 7 ming nafarga yaqin registrator xodimlar tomonidan turar-joylar va aholi yashashi mumkin boʻlgan noturar joylar roʻyxatini shakllantirish hamda mahalla xaritalarini joyidagi haqiqiy holatga mosligini oʻrganish ishlari olib borildi.

photo2022-11-1115-45-00-2

Ayni paytda registratorlar tomonidan oʻrganilgan mahalla xaritalari hududiy  kadastr boʻlimlari tomonidan qayta ishlanmoqda.

photo2022-11-1115-45-01

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech