14/11/2022

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 14- noyabr kuni “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan joriy yilning 11-noyabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Toshkent shahar statistika boshqarmasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i M.Shuxratjonova so‘zga chiqib, Davlat fuqarolik xizmatchilari xulq-atvorining umumiy qoidalari, kasbiy madaniyatga, xizmat faoliyatiga, xizmatdan tashqari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga, xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalariga hamda davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga amal qilinishini ta’minlash masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
Seminar so‘nggida mavzu bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

photo1668416762

photo1668416762-1

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech