Joriy yilning 15-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, Toshkent shahar statistika boshqarmasi “Ijtimoiy soha statistikasi statikasi” bo‘limi boshlig‘i O.Umarxo‘jaeva hamda mazkur bo‘lim xodimlari ishtirokida onlayn seminar o‘tkazildi. Seminarda ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasiga oid atamalar, tanlanma kuzatuvlarni o’tkazish usullari bo‘yicha qo’mita mutaxassislari tomonidan xodimlarining bilim va salohiyatini o’rgandi.
Shuningdek, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.
Axborot xizmati