16/11/2022

  Joriy yilning 15- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi "Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish" boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Unda Toshkent shahar statistika boshqarmasi “Statistik registrlarni yuritish” bo‘limi boshlig‘i J.Mustafoev va bo‘lim xodimlari ishtirok etdi. Mazkur seminarda Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatishda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan takliflar berildi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.  

photo2022-11-1617-27-14

photo2022-11-1617-27-17

photo2022-11-1617-27-18

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech