Joriy yilning 16- noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor , Yunusobod, Yakkasaroy, Yangihayot hamda Sergeli, Bektemir tumanlarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvlarda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Norkulov, Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i D.Rustamov, tarmoq bo‘lim boshliqlari va xodimlari ishtirok etishdi.
Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir. O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.
Axborot xizmati