Joriy yilning 16- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Axborot xavfsizligi ta’minlash hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun seminar tashkil etildi. Seminarda “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlashda axborot xavfsizligini ta’minlashni joriy etish, sohaga so‘nggi AKTni tatbiq etish hamda xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Axborot xizmati