21/11/2022

Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi “Notiqlik san’ati akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda Davlat boshqaruvi akademiyasida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Rahbarlik faoliyatida notiqlik san’ati, muloqot madaniyati va kommunikativ kompetensiyasi" bo‘yicha 18 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.
📄Vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida o‘quv kursida ishtirok etuvchi markaziy apparat, respublika, viloyat, tuman darajasidagi bo‘linmalarning aholi bilan muloqot qiladigan, ommaviy axborot vositalari bilan ishlaydigan davlat fuqarolik xizmatchilari ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ayni vaqtda Respublika darajasidagi rahbar, rahbar o‘rinbosari, markaziy apparat xodimlari uchun 1-bosqich o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2022-11-2112-31-09

photo2022-11-2112-31-10

photo2022-11-2112-31-11

photo2022-11-2112-31-12

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech