24/11/2022

Toshkent shahar statistika boshsarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori mohiyatini tushuntirish yuzasidan yigilish bo‘lib o‘tdi.

1
Yig‘ilishida, Toshkent shahar statistika boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Sh.Norkulov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi Qarori yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori mazmun-mohiyatini boshqarma tarmoq bo‘limlari va tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

2
Shuningdek, mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirish doirasida ularga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi izchil joriy etilayotganligi, shu bilan birga, Yangi O‘zbekiston sharoitida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, baholash va bartaraf etish jarayonida tegishli sohalarni raqamlashtirish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurati vujudga kelishi ta’kidlandi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech