Toshkent shahrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2022-yil yanvar-oktabrda 2021-yilning yanvar-oktabrga nisbatan ko‘payish kuzatildi.
Ular tomonidan jami qurilish ishlari hajmining 57,1 %i bajarilib, 2021-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 2,8 % punktga ko‘paygan.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,1 % ni tashkil etgan holda 14 612,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi 7,5 % ni tashkil etib, 1 923,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 80,7 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati