Toshkent shahrida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,1 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 105,7 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,3 %, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 17,4 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 8804,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.