Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli qaroriga asosan "9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" sifatida nishonlanib kelinadi.
Sana munosabati bilan Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PF -6257-son Farmonining mazmuni va mohiyatini tushuntirish yuzasidan “Korrupsiya -taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir o'tkazildi.
Unda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari Sh.Norkulov yig‘ilganlarga korrupsiya jamiyatni ortga surayotgan, millionlab insonlar hayotini xavf ostida qoldirayotgan jinoyatchilikning eng oliy ko‘rinishidir, unga befarq bo‘lishimiz, o‘zimiz, xalqimiz, yurtimiz uchun fojea hisoblanadi deb ta’kidladi.
Boshqarma yuristi M.Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PF -6257-son Farmonini ijrosini ta’minlash yuzasidan xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Bundan tashqari korrupsiya xususan, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘lishi haqida keng va atroflicha tushuncha berib o‘tdi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi masala bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati