12/12/2022

Joriy yilning 7-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi” munosabati bilan "Yangi O'zbekistonning yangi Konstitusiyasi xalqimiz muallifligida yaratildi" mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma boshlig'i L.Mirsoatov so‘zga chiqib, 8- dekabr xalqimiz uchun mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab, milliy davlatchilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etish, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning huquqiy poydevorini yaratib bergan muhim sanalardan biri ekanligini ta’kidladi.

Boshqarmaning bosh yuriskonsult M.Usmonov ma’ruza bilan chiqish qilib, Konstitutsiya va qonunlarning davlatchiligimizdagi o‘rni, Asosiy Qonunga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimizning huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy prinsiplari belgilanganligi aytib o‘tildi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

5-rasm

51

51

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech