Toshkent shahar statistika boshqarmasida uy xo‘jaliklari bo‘yicha tanlanma kuzatuvlarni sifatli o‘tkazilishini tashkil etish, tasodifiy tanlov asosida kuzatuvga tushgan uy xo‘jaliklari joylashgan mahalla fuqarolar yig‘iniga kuzatuv moxiyatini tushuntirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar statistika boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Sh.Norkulov tomonidan kuzatuvni samarali olib borilishida mahallada seminar treninglar o‘tkazish, yakka tartibda o‘tkaziladigan so‘rovnoma, uy xo‘jaliklari so‘rovnomasi, ichki turizm va axolining jismoniy faolligi kuzaryvi so‘rovnomasi va AKT vositalaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi va uy xo‘jaligi a’zolarining AKT vositalaridan foydalanish ko‘lami so‘rovnomalarini to‘g‘ri va sifatli o‘tkazish masalalari ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, uy xo‘jaliklari tanlanma kyzatuvlarini o‘tkazishda uchrayotgan kamchiliklarni oldini olish bo‘yicha nazorat tizimini o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Axborot xizmati