2022- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkor ayol rahbarlarning iqtisodiy sohalar boʻyicha faoliyati:
savdo sohasida – 14 147 ta
xizmatlar sohasida – 10 057 ta
sanoatda – 5 543 ta
2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 22,6 trln. soʻmni tashkil etgan.
Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7 trln. soʻmga oshgan.
Ayol rahbarlar boshqaruvida 36 472 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.
Axborot xizmati