2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada otlarning umumiy bosh soni 264,0 ming boshga yetdi. Otlarning asosiy qismi 193,9 ming bosh yoki umumiy bosh sonining 73,4 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.Otlarning umumiy sonidan eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (20,8 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Qashqadaryo (13,2 %), Jizzax (11,1 %) va Samarqand (10,6 %) viloyatlarida ham mavjud otlar sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.
Axborot xizmati