15/12/2022

Joriy yilning 15-dekabr kuniToshkent shahar statistika boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Sh.Norkulov va  Sergeli tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Qobilov  tomonidan Sergeli tumanidagi bozorlarda 4-jsh (choraklik) savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida nooziq-ovqat tovarlarini sotuvchi jismoniy shaxslar soni, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik  tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik daromadi o‘rganildi. Bundan tashqari mazkur kuzatuv yuzasidan intervyuyerlar tomonidan respondentlarga tushuntirishlar berildi.

91

92

9

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech