23/12/2022

2022- yilning 22- dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan 25- noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlangan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun!”, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiorlari ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.photo2022-12-2317-12-41
Mazkur tadbir Prezidentimizning 2022- yil 7- martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni 2-ilovasi 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

photo2022-12-2317-12-42
Tadbirda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida keng tushuncha berildi.

photo2022-12-2317-12-44
Tadbir davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ayollarning jamiyatdagi mavqеini yanada oshirish hamda gеndеr tеnglikni ta’minlash borasida fikr-mulohazalar almashildi.

photo2022-12-2317-12-43

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech