29/12/2022

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,1 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 289 tonnaga kamaygan.

2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 2,7 ming tonna

Qozogʻiston – 852 tonna

Qirgʻiz R. – 482 tonna

Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:

Fargʻona viloyati – 1,8 ming tonna

Xorazm viloyati – 631 tonna

Toshkent viloyati – 503 tonna

Namangan viloyati – 292 tonna

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech