27/10/2022

Toshkent shahrida 2022-yil yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning hajmi joriy narxlarda 108 716,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 107,9 foizga teng bo‘ldi. Toshkent shahrining YAIMda qo‘shgan ulushi 17,3 %ni tashkil etdi.
Aytish lozimki, Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 76 827,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 107,1% ni tashkil etdi hamda Respublikadagi ulushi 19,6 % ga teng bo‘ldi.
Hisobot yilida 33 310,1 mlrd.so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2021-yil yanvar-sentabrga nisbatan o‘sish 121,3 %ni tashkil etdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi Respublikadagi ulushi 24,2 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari 23 251,3 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati 104,9%ni, Respublikadagi ulushi 24,7 % ga teng.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 97 252,9 mlrd.so‘mni, 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,4%ni tashkil etdi. Shuningdek, Toshkent shaharida ko‘rsatilgan xizmatlarning Respublikadagi ulushi 38,3 %ni tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi 54576,7 mlrd. so‘mni, 2021- yilning shu davriga nisbatan 109,1 %ni, Respublikadagi ulushi 25,5 % ni tashkil qildi. Toshkent shahar tashqi savdo aylanmasi 2022-yil yanvar–sentabr oylarida 13 974,8 mln.AQSh dollarni, jumladan eksport 3 344,6 mln. AQSh dollarni, import 10 630,2 mln. AQSh dollarni tashkil etdi.
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ro‘yhatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar soni 2022-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra 119425 tani tashkil etib, ulardan 114837 tasi yoki 96,2 % faoliyat ko‘rsatmoqda. 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahrida 11817 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa 2021-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 1199 taga kamdir.
2022-yilning 1-oktabr holatiga Toshkent shahri doimiy aholisi soni 2934,1 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 71,7 ming kishiga yoki 2,5 % ga o‘sdi.

photo2022-12-2911-58-55


Toshkent shahar statistika boshqarma boshlig‘i
L.Mirsoatov

Tugmani bosing Tinglash GSpeech