2022-yil yanvar-noyabr oylarida Toshkent shahrining makroiqtisodiy ko‘satkichlari

Aytish lozimki, Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 97 854,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 106,9% ni tashkil etdi hamda Respublikadagi ulushi 20,1 % ga teng bo‘ldi.
Hisobot yilida 42 599,3 mlrd.so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2021 -yil yanvar-noyabrga nisbatan o‘sish 120,3 % ni tashkil etdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi Respublikadagi ulushi 24,8 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari 28 236,2 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati 102,8% ni tashkil etdi, Respublikadagi ulushi 24,5 % ga teng.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 123 388,2 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,9 % ni tashkil etdi. Shuningdek, Toshkent shaharida ko‘rsatilgan xizmatlarning Respublikadagi ulushi 38,2 % ni tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi 70 723,2 mlrd. so‘mni, 2021-yilning shu davriga nisbatan 113,2 % ni, Respublikadagi ulushi 25,6 % ni tashkil qildi. Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi 2022-yil yanvar–noyabr oylarida 17 627,1 mln.AQSh dollarni, jumladan eksport 4 198,5 mln. AQSh dollarni, import 13 428,6 mln. AQSh dollarni tashkil etdi.
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ro‘yhatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar soni 2022 -yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra 121529 tani tashkil etib, ulardan 117027 tasi yoki 96,3 % faoliyat ko‘rsatmoqda. 2022 -yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent shahrida 14634 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.

photo2022-12-2911-58-55

Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i
L.Mirsoatov

Tugmani bosing Tinglash GSpeech