Joriy yilning 29-dekabr sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida yaqinlashib kelayotgan Yangil yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar statistika boshqarmasi va Kasaba uyushmasi tomonidan 2022 - yil mobaynida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajargan, faol bo‘lgan bir guruh soha xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining FAXRIY YORLIQlari hamda boshqarmaning TASHAKKURNOMALARI va esdalik sovg’alari berildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasining ahil jamoasi va qolaversa, barcha yurdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan chin dildan tabriklaymiz!
Yangi yil barchaga yangi omadlar, yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Axborot xizmati