Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Toshkent shahrida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 66,7 %ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolalilar 19,3 %;
- ikki bolalilar 21,5 %;
- uch bolalilar 18,0 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 7,9 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 33,3 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.
Axborot xizmati