30/12/2022

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 2-dekabrdagi “Toshkent shahri tumanlarini har tomonlama rivojlantirish va islohotlar samaradorligini oshirish yuzasidan vazifalar to‘g‘risida”gi AF-72 farmoyishi ijrosi doirasida Davlat statistika qo'mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari Yangihayot tumanidagi "Yangi umid", "Humo" va "Charog'on" mahallalardagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.

Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan xayriya tadbirlarida kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, keksalar va nogironlar, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berilib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak ko‘rsatildi.

Ayni vaqtda bu kabi xayriya ishlari davom ettirilmoqda.

8

81

82

83

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech