Toshkent shahrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2022- yil yanvar-sentabr oylarida 8,2 trln. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 1,3 trln. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hamda O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlarning jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmidagi ulushi mos ravishda 86,2 % va 13,8 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati