Toshkent shahrida 2022-yilning yanvar-noyabr oylari holatiga ko‘ra o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 24 401,6 ming so‘mni (2021-yilning mos davriga nisbatan 109,8 % ga oshdi) tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqorisi Bektemir (82 588,3 ming so‘m), Yakkasaroy (55 877,8 ming so‘m) va Sirg’ali (41 975,8 ming so‘m) tumanlarii hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati