“Open Data Challenge” – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha har yillik tanlov. Xakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish va oshirishga qaratilgan.

Ushbu tanlovning maqsadlari – fan boʻyicha professional hamjamiyatni rivojlantirish; davlat va munitsipal hokimiyat organlari vakillarining, shuningdek, xakaton ishtirokchilarining tegishli vakolatlarini rivojlantirish; davlat va munitsipal ochiq maʼlumotlarning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini amalga oshirish.
Tanlov ishtirokchilaridan quyidagilar talab qilinadi:
– barcha tadbirlarda toʻliq ishtirok etish;
– raqamli yechim yaratish;
– ham individual, ham jamoaviy arizalar qabul qilinadi. Uch kishidan iborat boʻlgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin, ushbu jamoalarning ishtirokchilaridan biri qatnashish uchun jamoaviy ariza topshirishi kerak. Individual arizachilar xakatonning birinchi kunida jamoaga qoʻshilishlari mumkin.
Ariza topshirish va batafsil ma'lumot olish: https://datahack.uz/uz.html
Axborot xizmati